15-16 noyabrda «Farma O‘zbekiston va Markaziy Osiyo: farmasevtika zavodlarini qurish va modernizatsiya qilish» 2-xalqaro kongress va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu xalqaro anjuman farmasevtika sanoati yetakchilari uchun noyob professional maydondir. Farmasevtikani rivojlantirish agentligi ko‘magida o‘tkazilgan tadbirda 20 dan ortiq davlatdan farmasevtika sohasi va davlat idoralari vakillari, yirik korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Ushbu anjumanda O‘zR FA Mikrobiologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi Shaxlo Miralimova «O‘zbekistonda probiotik preparatlarning bozori» nomidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi. Ma’ruza anjuman qatnashchilarida qizg‘in qiziqish uyg‘otdi va muhokama qilindi.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov bilan farmasevtika sanoatida mikrob texnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishida R&D kuchaytirishda hamkorlik bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishildi.